UCHRASHUV - YOSHLAR UCHUN KENG IMKONIYATLAR ESHIGINI OCHDI!
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Munosabat
- UCHRASHUV - YOS...
- 17.02.2025
- 12:42
- 853

Kuni kecha O‘zbekiston yoshlari uchun tarixiy zarvaraqlarga bitiladigan kun bo‘ldi, boisi muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan juda katta yangiliklar, qarorlar qabul qilindi. Aloqabankni yoshlar banki deb nomlanishi bu xar bir yoshni bu yilda kattagina hayotida katta o‘zgarishlar ro‘y berishiga ishonaman shu o‘rinda yosh tadbirkorlar soni uch barobarga oshganiga alohida to‘xtalish o‘rinli. Bu keyingi yillarning asosiy yutuqlardan biri bo‘ldi.
Hozir yoshlar mamlakatdagi barcha biznesmenlarning 40 foizini tashkil etadi, yoshlar o‘rtasidagi ishsizlik esa 2 martaga kamaydi.
Ushbu tendensiyani qo‘llab-quvvatlash uchun Yoshlar ishlari agentligi qoshida byudjeti 100 million dollar bo‘lgan maxsus fond tashkil etildi. Ushbu mablag‘lardan yosh tadbirkorlar 2,5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit, ularning startaplari esa – 2 milliard so‘mgacha sarmoya olishlari mumkin bo‘ladi.
Obidjon SHARIFOV
Iqtisodiyot fakulteti tyutori