Muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiliklarida jonajon vatanimiz O‘zbekistonni yangi bosqichga olib chiqish, bir so‘z bilan aytganda uchinchi Renessans davrini yaratish uchun samarali va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlar qatorida eng katta e’tiborni biz yoshlarni sifatli ta’lim olishimiz va yetukli kadr bo‘lib yetishishimiz uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlardir. Yoshlar uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar va shart-sharoitlardan unumli foydalanib, yurtimiz ravnaqi uchun barchamiz birdek harakat qilmog‘imiz lozim.

Kuni kecha davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan o‘tkazilgan samimiy uchrashuvda mamlakatimizning kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan muhim masalalarni ilgari surdilar. Yurtboshimizning  so‘zlarida yoshlarga bo‘lgan ishonch va ularning imkoniyatlarini kengaytirishga oid fikrlar o‘zgacha ahamiyat kasb etdi. Jumladan, muhtaram yurtboshimizning  yoshlar tadbirkorligida mutlaqo yangi davrni boshlab beradigan 3 ta katta hujjatni tasdiqlaganlari biz uchun yana imkoniyatlar eshigi ochilganining yorqin misolidir.

Birinchi hujjatga muvofiq, Yoshlar agentligi huzurida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilib, unga 100 million dollar mablag‘ ajratilishi tadbirkor yoshlarga yana bir imkoniyat demakdir.

Tadbirkor yoshlarga 2,5 milliard so‘mgacha imtiyozli kreditlar berilishi, tashabbuskor yoshlarning startap loyihalariga 2 milliard so‘mgacha investitsiya kiritilishi pirovardida yoshlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, biz uchun yana bir yutuqdir.

Yoshlarni kasb va tilga o‘qitib, yuqori daromadli ishlarga joylashtirish maqsadida bu yil bandlik bo‘yicha katta dastur qabul qilindi. Buning uchun jami 126 trillion so‘m yo‘naltirildi.

Unga ko‘ra, mahallalarda 378 mingta mikroloyiha amalga oshiriladi, mahalla bankirlari yangi kredit mahsulotlari hisobiga 250 ming nafar odamni daromadli qiladi.

Mamlakatimiz rahbari tomonidan biz yoshlarga yaratib berilayotgan ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanib, yurtimiz rivoji uchun o‘z hissamizni qo‘shamiz.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image