YANGI O‘ZBEKISTONDA YANGI ISLOHOTLARNING BARCHASI KORRUPSIYASIZ AMALGA OSHIRILADI!
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Munosabat
- YANGI O‘ZBEKIST...
- 05.03.2025
- 15:52
- 567

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda barcha sohada korrupsiyani oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yurtimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha aniq tizim yaratildi, alohida qonunlar qabul qilindi.
Parlament palatalarida mas’ul qo‘mitalar, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash va agentlik tashkil qilindi.
Eng muhimi, jamiyatda korrupsiya muammosini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadigan ochiq tizim, ochiq muhit yaratilgani, ayniqsa, ommaviy axborot vositalarining bu boradagi o‘rni va ta’siri ortib borayotgani qayd etildi.
Ilgari bu mavzu jurnalistlar uchun mutlaqo yopiq edi. Hozirgi vaqtda mavjud holat ochiqlik va shaffoflik tomonga butunlay o‘zgardi.
Ochiqlik bo‘yicha xalqaro reytinglardagi mamlakatimizning o‘rni 138 pog‘onaga yaxshilanib, Markaziy Osiyoda birinchi, dunyoda 30-o‘ringa ko‘tarildi.
“Takror va takror aytaman: biz ochiqlik siyosatini, so‘z erkinligi g‘oyalarini hayotga tatbiq etishda hamisha qat’iy bo‘lamiz!” dedi davlatimiz rahbari.
Prezidentimizning ta’kidlashicha, korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu borada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2030-yilgacha mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi ishlab chiqilib, davlat organlari faoliyatining shaffofligi va hisobdorligini oshirish, ochiq ma’lumotlar tizimini takomillashtirish, sohaning huquqiy bazasi va institutsional mexanizmlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi mintaqaviy va global tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda faol ishtirok etmoqda. Bu yo‘nalishda Toshkent shahrida ishga tushirilgan Korrupsiyaga qarshi konvensiyaning mintaqaviy platformasi samarali foydalanilmoqda.
Yig‘ilishda davlat rahbari kelgusidagi ustuvor vazifalar sifatida quyidagilarni belgilab o‘tdi:
- Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiyani to‘liq amalga oshirish;
- Davlat organlari faoliyatining shaffofligi va hisobdorligini oshirish, ochiq ma’lumotlar tizimini takomillashtirish;
- Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi mintaqaviy va global tashabbuslarda faol ishtirok etish.
Ushbu chora-tadbirlar Yangi O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini yanada mustahkamlaydi.
Shoxruh SULTANOV
Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti