YANGI IZLANISHLARGA CHORLAYDI!
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Munosabat
- YANGI IZLANISHL...
- 13.02.2025
- 16:26
- 391

Namangan davlat universiteti delegatsiyasi shu yil 4-5-fevral kunlari Malayziyaning Perak shtatida bo‘lib o‘tgan «Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar» mavzusidagi Birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumida ishtirok etdi.
Biz bu jarayonlarni ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib bordik.
Nafaqat kuzatdik, balki bizning oliygohimiz ham jahon miqyosiga chiqayotganligidan, eng nufuzli o‘quv yurtlari bilan o‘zaro shartnomalar imzolanganidan faxrlandik.
Bu shartnomalarga asosan qo‘shma fakultetlar, laboratoriyalar tashkil etiladi. Talabalar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. Hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshiriladi. Bir so‘z bilan aytganda, Namangan davlat universiteti xalqaro miqyosda nufuzli oliygohlar safidan joy olish uchun katta ishlarni amalga oshirmoqda.
Keyingi yillarda oliygohimizda bir qator o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Jumladan, Yangi Namangan tumani hududida barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy bino qurib bitkazilmoqda. Ma’naviyat-ma’rifat markazi uchun yangi bino qurib bitkazilmoqda. Universitet professor-o‘qituvchilari ilmiy tadqiqot ishlarini jadal rivojlantirmoqdalar.
Talabalarimiz ham yaratilayotgan bu imkoniyatlar, g‘amxo‘rliklarga javoban fan asoslarini puxta o‘zlashtirishga, turli tanlovlarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallamoqdalar. Xullas,Malayziya oliygohlari bilan shartnomalarning imzolanganidan, ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada kengaytirish va rivojlantirish uchun yangi ufqlar ochilayotganidan behad mamnunmiz.
Obidxon HUSANXO‘JAYEV,
Namangan davlat universiteti
Filologiya fakulteti dekani o‘rinbosari,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori