Joriy yilning 15-may sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limini rivojlantirish, o‘qituvchilarning kasbiy va ta’lim sifati bo‘yicha masalalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ushbu yig‘ilishda umumta’lim maktablarida ta’lim sifati va mazmunini yaxshilash, zamonaviy metodikalarni joriy qilish, pedagogik kadrlar tayyorlash tizimidagi mavjud muammolar va ularning yo‘llari keng muhokama qilindi. Yig‘ilish maktab va oliy ta’lim tizimlarida o‘ziga xos uzviylikni ta’minlash, xavfsizlik hamkorligini yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Yig‘ilishda Prezidentimiz tomonidan ayniqsa oliy ta’lim zimmasidagi mas’uliyat alohida ta’kidlab o‘tildi. Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan 61 ta xususiy oliy ta’lim muassasalarini o‘rganish chog‘ida birortasida kimyo, fizika va biologiya fanlari bo‘yicha o‘qituvchilar tayyorlanayotgani tanqid ostiga olindi.

341 ming nafar o‘qituvchidan 102 ming nafar nafari attestatsiyadan o‘ta olmagani, bu orqali oliy ta’lim muassasalarida kadr tayyorlash sifati ustidan jiddiy qayta ko‘rib chiqishni talab etilishi ta’kidlandi. Bitiruvchilar maktabga borganida sifatli dars bera olmasligi — bu masalaning eng og‘riqli jihatidir. Ta’kidlab o‘tish joizki, pedagog kadrlar milliy nazariy bilimga, balki pedagogik kadrlar nazariy bilimga, balki ishlab chiqarish metodikasi va amaliy ko‘rinishga ham ega bo‘lishi zarur.

Mazkur holatlardan shunday xulosaga kelish mumkin:

— Fanlar kesimida pedagog kadrlarga bo‘lgan talab aniqlanib, qabul rejalari va yo‘nalishlar shu asosda shakllantirilishi lozim;

— Faoliyat faqat iqtisod, huquq va biznesga yo‘naltirilmasdan, maktablar uchun sifatli kadr yetkazib berishga xizmat qilishi kerak;

— Bitiruvchilar maktabga kirgan kunidayoq dars bera oladigan darajada tayyor bo‘lishi shart. Bu esa metodik tayyorgarlik, maktablar bilan hamkorlik va o‘quv amaliyotining hayotiy asosda tashkil etilishini talab qiladi.

Mazkur yig‘ilishda maktab ta’limi sifatini oshirish, malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘quvchilarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish borasida tizimli yondashuv zarurligi alohida ta’kidlandi. Xususan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi ta’lim sifati, o‘qituvchilar salohiyati va ilmiy-metodik ta’minot masalalari yuzasidan tanqidiy tahlillar o‘tkazildi.

Bundan tashqari yig‘ilish maktab ta’limi sifatini kuchaytirishga sezilarli darajada muhim burilishga aylandi va bu nafaqat maktab ta’limi uchun, balki Oliy ta’lim tizimi uchun ham muhim ogohlantirish bo‘ldi. Oliy ta’lim muassasalari ham ushbu tanqidlardan tegishli xulosa chiqargan holda, kerakli amaliy choralar ko‘rilishi zarur.

Yig‘ilishda ilgari surilgan fikrlar, ayniqsa, ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan biz kabi pedagogika yo‘nalishidagi tadqiqotchilar uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etadi. Zero, bugun biz – nafaqat nazariy tadqiqotlar olib borishimiz, balki ilmiy faoliyatimiz natijalarini amaliyotga tatbiq etish, maktab ta’limining real muammolariga ilmiy yondashuv asosida yechimlar taklif etishimiz zarur.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, maktab ta’limi uchun zarur bo‘lgan biologiya, kimyo, ingliz tili, filologiya, pedagogika-psixologiya kabi yo‘nalishlar bo‘yicha Namangan davlat universitetida ham mutaxassislar tayyorlanadi. Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan mazkur selektor yig‘ilishi universitet jamoasi, xususan, biz – pedagogika sohasi bo‘yicha izlanish olib borayotgan yosh tadqiqotchilar uchun ham ilmiy mas’uliyatni chuqurroq his etish va yanada samarali ishlashga kuchli turtki bo‘ldi.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image