Asosiy kontentga o'tish

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov Namangan viloyatiga tashrifi doirasida Namangan davlat universitetining Davlatobod tumani Yuksalish mavzesida bunyod etilgan zamonaviy kampusi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida vazirning birinchi o‘rinbosari yangi o‘quv yilida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan universitetning jami 1 200 o‘rinli ikkita talabalar turar joyida yaratilayotgan sharoitlarni ham ko‘zdan kechirdi.

Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev mehmonlarga yangi kampus hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yaratilayotgan zamonaviy infratuzilma, ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish uchun yaratilgan imkoniyatlar, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, universitetning istiqboldagi rivojlantirish rejalari va kampus infratuzilmasini yanada takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Muloqot davomida yangi kampusda ta’lim va ilmiy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan imkoniyatlar, talabalar uchun munosib sharoitlarni yaratish, hududni obodonlashtirish hamda mavjud infratuzilmani yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov tomonidan oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish hamda zamonaviy kampus infratuzilmasini izchil rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image