Asosiy kontentga o'tish
“QOG‘OZSIZ BIR KUN”

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETIDA “QOG‘OZSIZ BIR KUN” EKOAKSIYASI TASHKIL ETILADI

Ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish hamda zamonaviy raqamli imkoniyatlarni keng tatbiq etish maqsadida Namangan davlat universitetida “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkaziladi.

Mazkur tashabbus doirasida professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar bir kun davomida qog‘oz sarfini kamaytirib, elektron hujjatlar, raqamli tizimlar hamda onlayn ma’lumot almashish vositalaridan keng foydalanishga jalb etiladi.

Ekoaksiya natijasida:

— yashil hududlar va tabiiy zaxiralarni muhofaza qilishga hissa qo‘shiladi;
— qog‘oz chiqindilarining miqdori kamayadi;
— ekologik mas’uliyat va madaniyat rivojlanadi;
— raqamli ish yuritish samaradorligi oshadi.

Aksiya davomida:

— universitetdagi hujjat aylanish jarayonlarini bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkazish;
— qog‘ozdan foydalanishni kamaytirish maqsadida raqamli hujjat almashinuvi tizimlarini takomillashtirish;
— printer va nusxa ko‘chirish qurilmalaridan oqilona foydalanish;
— ekologik ongni yuksaltirish hamda “yashil makon” tamoyillarini keng targ‘ib etish rejalashtirilgan.

Ushbu loyiha atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslarni tejash va ekologik toza ish muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

Namangan davlat universiteti jamoasi professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarni “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasida faol qatnashishga chorlaydi.

📄 Birgina tejalgan varaq — tabiatni asrash yo‘lidagi muhim qadam!

🌱 Bugungi ekologik harakat — ertangi farovon hayot garovi!

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image