Asosiy kontentga o'tish
“Bilimli qizlar – bilimli oila” — Shahinabonu Abdamutova bilan

“Bilimli qizlar — bilimli oila” g‘oyasi asosida tayyorlangan navbatdagi motivatsion videoda Namangan davlat universiteti Jahon tillari fakulteti 2-bosqich talabasi Abdamutova Shahinabonu Anvarjon qizining ta’lim va ijod yo‘lidagi yutuqlari haqida so‘z boradi.

Shahinabonu bugungi kunga qadar uchta kitob muallifi hisoblanadi. Uning “Qalb tug‘yonlari”, “Qaydasan, umid?” va “Tunda porlagan quyosh” nomli kitoblari kitobxonlar e’tiboriga havola etilgan.

Talaba universitetga qabul qilinganidan buyon 10 dan ortiq ilmiy maqola hamda ko‘plab publitsistik maqolalar yozgan. Shuningdek, u “Zomin-2024” respublika bosqichi g‘olibasi hisoblanadi.

Shahinabonuning hikoyalari “Shifokor va hayot”, “Ezgulik” gazetalarida hamda “Tamaddun” jurnalida nashr etilgan. Uning tarjima qilgan hikoyalari esa “Kenya Times”, “Revencage”, “Seoul Times” va “Synchronized Chaos” kabi xalqaro jurnallarda chop etilgan.

Shahinabonu Abdamutovaning faoliyati ilm olish, ijod qilish va o‘z ustida izchil ishlash orqali katta maqsadlarga erishish mumkinligini namoyon etadi.



Bilimli, intiluvchan va maqsad sari dadil qadam tashlayotgan qizlar — jamiyat va oilaning yorqin kelajagidir.

Videoni tomosha qiling va Shahinabonuning ilmiy-ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishing!

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image