Namangan davlat universitetida ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini yanada takomillashtirish, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarni keng targ‘ib etish, ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan mas’ul rahbarlar hamda pedagog xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida “Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” respublika tanlovining viloyat bosqichi tashkil etildi.
Tanlov ishtirokchilari milliy qadriyatlarni targ‘ib etish borasida amalga oshirgan ishlari, erishgan yutuqlari hamda amaliyotga tatbiq etish mumkin bo‘lgan ilg‘or tajribalari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazdilar. Shuningdek, ular hakamlar hay’ati tomonidan berilgan savollarga javob berdilar. Ishtirokchilarning chiqishlari taqdimot mazmuni, savollarga javob berish mahorati, notiqlik qobiliyati va shaxsiy imijiga ko‘ra baholandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar quyidagi o‘rinlarni egalladi:
🥇 1-o‘rin — Sobirxonov Abdulbositxon Toxirxon o‘g‘li, Namangan davlat universiteti dekan o‘rinbosari;
🥈 2-o‘rin — Samixonov Bohodir, Namangan davlat chet tillari instituti bo‘lim boshlig‘i;
🥉 3-o‘rin — Qadirov Abdulxoshim Abdujalilovich, Namangan davlat texnika universiteti dekan o‘rinbosari.
Tanlov g‘olibi va sovrindorlari diplomlar bilan taqdirlandi.
Namangan davlat universiteti jamoasi tanlovda faxrli birinchi o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanma olgan Sobirxonov Abdulbositxon Toxirxon o‘g‘lini samimiy tabriklaydi hamda navbatdagi bosqichda ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!