Namangan davlat universitetida kurash bo‘yicha Respublika turnirining universitet bosqichi o‘tkazildi
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Namangan davlat...
- 12.10.2026
- 18:38
- 90
Namangan davlat universitetida oliy ta’lim tashkilotlari va texnikumlar o‘rtasida kurash sport turi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkaziladigan Respublika turnirining universitet bosqichi tashkil etildi.
Musobaqa bellashuvlarini universitet professor-o‘qituvchilari hamda Namangan viloyati kurash federatsiyasi vakillari hakamlik asosida olib bordilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, umumjamoa hisobida quyidagi fakultetlar g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi:
🥇 1-o‘rin — Sport va san’at fakulteti;
🥈 2-o‘rin — Tabiiy fanlar fakulteti;
🥉 3-o‘rin — Fizika-matematika fakulteti.
Musobaqa g‘oliblari va sovrindorlari viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.