Asosiy kontentga o'tish

#Ota_onalar_yigʻilishi #Uchrashuv

Uchrashuvda Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Umidjon Boyxonov, fakultet dekani Sardorbek Yusupov, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Sherali Ablakulov, universitet profilaktika inspektori Lola Nizamova, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalarning ota-onalari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ota-onalarga farzandlarining ta’lim jarayonidagi ishtirokini muntazam nazorat qilish, ularning odob-axloqi va mas’uliyatini oshirish, universitet hamda fakultetning ichki tartib-qoidalariga rioya etishini ta’minlash yuzasidan zarur tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, universitetning Odob-axloq kodeksi va ichki tartib-qoidalari, talabalarning kiyinish madaniyati va yagona forma talablari, talabalarni talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlariga joylashtirish tartibi, erta nikoh va erta turmushning oldini olish, huquqbuzarlik va jinoyatchilik profilaktikasi, kontrakt shartnomalarini rasmiylashtirish va to‘lovlarni amalga oshirish, grant va kontrakt o‘rinlarini taqsimlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 149-son qarorining mazmun-mohiyati ham tushuntirilib, mazkur hujjatda belgilangan talab va tartiblarning talabalarga taalluqli jihatlari yuzasidan ota-onalarga zarur tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, ota-onalarning farzandlari ta’lim-tarbiyasidagi mas’uliyati, universitet bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda talabalarni o‘quv jarayonida qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.



Uchrashuv yakunida ota-onalar tomonidan bildirilgan savol, taklif va mulohazalar tinglandi hamda murojaatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image