Asosiy kontentga o'tish
Namangan davlat universiteti gerbariy fondi xalqaro miqyosda roʻyxatdan oʻtkazildi

Namangan davlat universiteti gerbariy fondi Index Herbariorum xalqaro ma’lumotlar bazasida rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi va unga HNSU — Herbarium of Namangan State University xalqaro akronimi berildi.

Index Herbariorum
dunyo bo‘ylab 3 400 ga yaqin gerbariy va ularda saqlanayotgan 350 millionta botanika namunalari haqidagi ma’lumotlarni birlashtiruvchi nufuzli xalqaro platforma hisoblanadi.

Hozirgi kunda Namangan davlat universiteti gerbariy fondida qariyb 10 000 ta botanika namunasi saqlanadi. Fondni raqamlashtirish hamda namunalar haqidagi ma’lumotlarni xalqaro platformaga kiritish maqsadida ularni skanerlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ushbu ishlar gerbariy kuratori Rustam Gulomov va gerbariy menejerlari Avazbek Batoshov, Davron Dehqonov hamda turlarni identifikatsiyasi bo'yicha Hushbaht Hoshimovlar tomonidan olib borilmoqda.

Mazkur yutuq universitet gerbariy fondining xalqaro ilmiy hamjamiyat tomonidan tan olinishi, O‘zbekiston florasiga oid ilmiy ma’lumotlarning xalqaro miqyosda ommalashishi va botanika tadqiqotlari uchun ochiq ma’lumotlar bazasini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image