Har bir davlat xizmatchisi o’zining egallab turgan lavozimiga loyiqligini isbotlashi shart
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Har bir davlat ...
- 01.02.2024
- 12:58
- 693

Namangan davlat universitetida ma'naviy-ma'rifiy soha faoliyati bo'yicha kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar, xotin-qizlar maslahatchilari, sport klubi raisi, yoshlar yetakchilari, ARM xodimlari, TTJ direktori, yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi, iqtidorli talabalar boʻlimi boshligʻi, psixolog va profilaktika inspektorlari ishtirok etdilar.
Yig’ilishda eng avvalo birinchi prorektor N.Dexkanov ijro intizomiga qat'iy rioya etish va berilgan topshiriqlarni barcha sidqidildan bajarish lozimligini ta'kidladi.
Shuningdek, fan va sport to'garaklari faoliyati, talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni yuqori saviyada o'tkazish, talabalar o'rtasida sodir etiladigan jinoyatchilikni oldini olish, ijarada va talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar holidan muntazam xabar olish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.