“Oliy ta’lim muassasalari matbuot kotiblari faoliyatiga oid nazariy va amaliy aspektlar” mavzusida o‘tkazilgan seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh mutaxassisi Ramziddin Egamberdiyev, vazirlik axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova hamda Farg‘ona vodiysidagi oliy ta’lim muassasalarining matbuot kotiblari ishtirok etdilar.
Seminar davomida ishtirokchilar uchun Namangan davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan “Jamiyat taraqqiyotida PRning o‘rni” hamda “Ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlashda blogerlar bilan hamkorlikda ishlash” mavzularida maʼruzalar qilindi.
Shuningdek, Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlaridagi OTM rasmiy veb-saytlarini yuritish holati ham tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Tadbir yakunida hududlarda namunali yo‘lga qo‘yilgan OTM axborot xizmatlari tajribasini o‘rganish va ularni o‘z faoliyatlarida samarali qo‘llash tavsiya etilib, AOKA bilan hamkorlikda ushbu seminarlar boshqa hududlar kesimida ham o‘tkazilishi belgilab olindi.