Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitso 2025 yil 8-10 iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.

O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1993-yil 1-yanvarda o‘rnatilgan. O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi aloqalar bugungi kunda muloqotni institutsionallashtirish va tartibga solish borasida izchil rivojlanish kuzatilmoqda. O‘zbekiston tashqi siyosati strategiyasining faollashuvi va Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoga qiziqishi ortib borayotgani fonida rasmiy Toshkent va Bratislava o‘rtasidagi munosabatlar yangicha sur’at oldi.

 O‘tgan yillar davomida O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi aloqalar siyosiy, iqtisodiy va madaniy yo‘nalishlarda izchil rivojlanib kelmoqda. Ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yildan oshdi. Bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar bu hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi, desak bo‘ladi.

Xalqaro maydonda mamlakatlar BMT, YXHT, Yevropa kengashi, shuningdek, global barqaror rivojlanish kun tartibi bilan bog‘liq tuzilmalar doirasida hamkorlik qiladi. Slovakiya an’anaviy tarzda O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, suv va atrof-muhit sohasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan tashabbuslarini, shuningdek, ta’lim va gender tengligi sohasidagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Davlat rahbarlari ko‘p qirrali O‘zbekiston – Slovakiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini yuzma-yuz va delegatsiyalar ishtirokida atroflicha muhokama qildilar. Slovakiya kompaniyalari O‘zbekistonni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha MDH mamlakatlariga chiqish imkoniyatiga ega salohiyatli bozor deb biladi. O‘z navbatida, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar Slovakiyadan texnologik yechimlar va sarmoyalarni jalb qilishdan manfaatdor.

Muzokaralar davomida davlat rahbarlari siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va innovatsion hamkorlikni yanada rivojlantirish, infratuzilma, transport va logistika, energetika, ta’lim, sog‘liqni saqlash va turizm kabi sohalarda yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishib oldilar.

1997-yil noyabr oyida imzolangan O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi madaniyat va san’at sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga asosan madaniyat yo‘nalishida delegatsiyalar almashilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston va Slovakiya delegatlari ikki davlatda tashkil etilayotgan xalqaro madaniy tadbirlarda muntazam ishtirok etyapti.

Slovakiya oliy ta’lim tizimi Yevropa standartlariga muvofiq tashkil etilgan. Mamlakatda bir qator yuqori reytingga ega universitetlar faoliyat olib boradi. Ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalarga katta e’tibor qaratiladi. Ular bu borada xalqaro hamkorlikni ham yaxshi yo‘lga qo‘ygan. 

O‘zbekistonda ham keyingi yillarda kadrlar tayyorlash borasida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari jadal kengaymoqda. Yevropa oliy ta’lim tizimi ham rang-barang hamda boy tarixga ega. Bugungi muloqotlar O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi aloqalari yangi bosqichga chiqishida navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

2014/2015 o‘quv yilidan boshlab Slovakiya hukumati O‘zbekistonni ushbu mamlakat oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun stipendiya oluvchi davlatlar qatoriga kiritdi. Ushbu dasturda talabalar, yosh tadqiqotchilar, O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari ishtirok etishi mumkin.

Ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalarga katta e’tibor qaratiladi. Ular bu borada xalqaro hamkorlikni ham yaxshi yo‘lga qo‘ygan. 

Oliy darajadagi muzokaralarda gumanitar sohada ta’lim va akademik almashinuvni rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani qayd etildi. Qo‘shma tadqiqot dasturlarini Bratislavadagi Komenskiy universiteti ishtirokida ham yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitsoning oliy darajadagi muzokaralari yakunida ikki mamlakat yetakchilari Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar.

Muzokaralar natijasida imzolangan bitimlar esa ikki davlat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, yuqori salohiyatga ega O‘zbekiston-Slovakiya munosabatlari ijobiy dinamikani namoyon etish va o‘zaro manfaatli zamonaviy davlatlararo muloqotning yorqin namunasi bo‘lishga barcha asoslar bor. Prezidentimizning ushbu tashrifi O‘zbekiston-Slovakiya munosabatlarining yangi sahifasini ochdi va kelgusi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratadi. Bunday yuqori darajadagi muloqotlar va imzolangan bitimlar ikki mamlakat xalqlarining farovonligi va taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Nodirbek Kodirov

Tibbiyot fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image