Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev Davlatobod tumani, Yangi Namangan shaharchasida barpo etilayotgan yangi “Innovatsion fakultet” binosining qurilish maydoniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida rektor qurilish ishlarining borishi, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya qilinishi yuzasidan bevosita tanishdi. Ayni paytda binodagi qurilish ishlari 95 foizga bajarilgan bo‘lib, asosiy konstruksiyalar to‘liq yakunlangan. Ichki pardozlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yotqizish hamda hududni obodonlashtirish ishlari yakuniy bosqichda davom etmoqda.

Rektor qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda nihoyasiga yetkazish, xavfsizlik va qurilish standartlariga qat’iy rioya etilishi bo‘yicha bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Yangi o‘quv binosi 7 qavatdan iborat bo‘lib, 2000 o‘rinli zamonaviy o‘quv majmuasida keng va yorug‘ o‘quv xonalari, zamonaviy laboratoriyalar, xizmat xonalari, axborot-resurs markazi hamda 3 ta yirik ma’ruza zallari mavjud.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab ushbu binoda Fizika-matematika, Tabiiy fanlar hamda Ijtimoiy fanlar fakultetlari faoliyatini olib boradi. Bu esa fakultetlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, talabalar uchun qulay va innovatsion o‘quv muhitini yaratish imkonini beradi.

Shuningdek, rektor hududda qurilishi rejalashtirilgan oshxona loyihasi bilan ham tanishdi. Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan mazkur oshxona barcha sanitariya talablariga javob beruvchi, zamonaviy va qulay sharoitlarga ega inshoot sifatida bunyod etiladi.

Yangi o‘quv binosi bilan birgalikda 7 qavatli, 800 o‘rinli talabalar turar joyi qurilishi ham jadal sur’atlarda davom etmoqda. Ushbu yotoqxonada talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash, ularning ijtimoiy va ma’naviy hayotini yanada qulaylashtirishga xizmat qiluvchi zaruriy shart-sharoitlarga ega bo‘ladi.

Yana bir muhim jihat sifatida, rektor binodagi har bir qavatda universitet hayoti, o‘quv muhitining mazmuni va fakultetlarning o‘ziga xosligini aks ettiruvchi dekorativ devoriy suratlar joylashtirilishini taklif etdi. Har bir fakultetga mos va xos bo‘lgan mazmunli tasvirlar, vizual yechimlar binoga tashrif buyurgan mehmonlarga zalga kirgach, ushbu qavat qaysi yo‘nalishga mansub ekanligini anglash imkonini beradi. Bunday yondashuv universitetning o‘ziga xosligini vizual jihatdan boyitadi va bu, o‘z navbatida, talaba va mehmonlarda chuqur taassurot uyg‘otadi.

Namangan davlat universitetida amalga oshirilayotgan qurilish va infratuzilmaviy yangilanishlar – bu ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish va zamonaviy innovatsion muhitni shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

photo_2025-07-24_13-16-38.jpgphoto_2025-07-24_13-16-48.jpgphoto_2025-07-24_13-16-50.jpgphoto_2025-07-24_13-16-52.jpg

photo_2025-07-24_13-16-54.jpgphoto_2025-07-24_13-16-56.jpg0B1A9790.JPGphoto_2025-07-24_13-16-58.jpg

 

 

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image