Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyevning Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifi boshlandi. Delegatsiyamizning mazkur safari 27-oktyabrdan 1-noyabrgacha davom etishi rejalashtirilgan bo‘lib, tashrif doirasida universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda ilm-fan sohasida yangi istiqbolli yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Bugun tashrifning birinchi kunida delegatsiyamiz a’zolari Xitoyning Changchun shahrida joylashgan Xitoy–Rossiya texnoparkiga tashrif buyurdilar. Ushbu texnopark 2006-yil 20-sentyabrda Xitoy Fanlar akademiyasi, Rossiya Fanlar Akademiyasining Sibir bo‘limi, Jilin viloyati hukumati va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va fan-texnika integratsiyasini kuchaytirishga yo‘naltirilgan.

Delegatsiyamizni texnopark direktori Li Yun Pin kutib olib, markaz faoliyati, ilmiy yo‘nalishlari, mavjud laboratoriya bazalari va xalqaro loyihalar bilan batafsil tanishtirdi.

Uchrashuvda ilmiy-innovatsion ishlanmalar almashinuvi, ta’lim jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalarning akademik almashinuvini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, texnopark ko‘magida Xitoydagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda xalqaro konferensiyalar, forumlar va amaliy seminarlarni tashkil etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida Namangan davlat universiteti va Xitoy–Rossiya texnoparki o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.

Delegatsiyamizning Xitoy Xalq Respublikasidagi rasmiy tashrifi davom etmoqda.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image