Namangan Davlat Universitetida 2024-yilda yashil innovatsion “Ekobog’” tashkil etildi. Ushbu loyiha universitet hududida 3 gektar maydonda barpo etilib, tabiiy muhitni saqlash va ekologik ta’limni rivojlantirishga qaratilgan.

Ekobog’da dunyoning beshta mintaqasida o’suvchi 86 turdagi o’simliklar joylashtirilgan. Shuningdek, 1500 tup daraxt va butalar ekilgan bo‘lib, ular tabiat muhofazasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, hududda 3000 dan ortiq dekorativ gullar ekilgan bo‘lib, estetik go‘zallikni ta’minlash bilan birga, atrof-muhitni obodonlashtirishga xizmat qiladi.

Ekobog’ nafaqat ekologik muhit yaratish, balki ilmiy-amaliy o‘quv maydoni sifatida ham foydalaniladi. Bu yerda ta’lim yo‘nalishlarining 17 ta fanidan ochiq maydonda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bundan tashqari, mustaqil ta’lim olish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun maxsus o‘quv-ilmiy platforma ham yaratilgan.

Mazkur loyiha talabalarga ekologiya va biologiya bo‘yicha amaliy bilim berish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha innovatsion g‘oyalarni tatbiq etishga yordam beradi.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image