2024-yil 9-noyabrdan boshlab “Yashil makon” loyihasi doirasida respublika marafoniga start berildi.
- Bosh sahifa
- Universitet
- Yashil universitet
- 2024-yil 9-noya...
- 14.03.2025
- 15:56
- 660

2024-yil 9-noyabrdan boshlab “Yashil makon” loyihasi doirasida respublika marafoniga start berildi.
Marafon 20-noyabrgacha davom etib, mamlakat bo‘ylab 20 milliondan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekish maqsad qilindi.
Ayni paytda Respublikaning bir qator oliy ta’lim muassasalari talaba va o‘qituvchilari Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib, “Yashil makon” marafonida faol ishtirok etmoqda.
Jumladan, Namangan davlat universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori A.Rasulov, Biotexnologiya fakulteti dekani I.Odilov hamda bir guruh talabalar ham o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
Yashil makon — bizning kelajagimizni yoshartirish, tabiiy resurslarimizni asrash va atrof-muhitni himoya qilishda muhim qadam!