Yoshlar ittifoqi Namangan davlat universiteti Boshlang'ich tashkiloti

O‘ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQINING NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETIDAGI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI

 

2017-yil 30-iyundagi “Kamolot” ijtimoiy harakatining IV Qurultoyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi nodavlat notijorat tashkiloti tuzilib, shu yildan buyon respublikaning barcha oliy ta’lim muassasalarida Ittifoqning boshlang‘ich tashkilotlari ochilgan.


Namangan davlat universitetida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti viloyat Hududiy Kengashlari hamkorligida tashkil etgan bo‘lib, maxsus guvohnoma bilan ish faoliyatini boshlagan.

Yoshlar ittifoqi tashkilotining boshlang‘ich tashkilotlari Qurultoydagi imzolangan Ustavida imtiyoz, huquq, maqsad, vazifa hamda majburiyatlar belgilab berilgan. Shunga asosan, har 2 yilda bir marotaba guruh, fakultet hamda oliy ta’lim muassasasi yoshlar yetakchiligi uchun ochiq saylovlar tashkil etiladi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining farmoyishiga asosan, Namangan davlat universitetida ham 2022-yilning 17- sentabrida universitet boshlang‘ich tashkiloti yetakchiligi uchun hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazilib, 80,8% ovoz bilan Sultanov Shoxruh Rahmon o‘g‘li yoshlar yetakchisi sifatida saylangan (https://t.me/namdu309/12793)

 

Bugungi kunda ushbu yoshlar tashkiloti omonidan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidorlarini kashf etish maqsadida Munozara, zakovat, quiz kabi intellektual loyihalar, shaxmat, shashka, stol tennis, voleybol, mini futbol, basketbol kabi sport musobaqalari, kibersport bellashuvlari, kitobxonlikka bag‘ishlangan tanlov hamda kechalar, insholar, esselar tanlovlari, “Talant shou”, “Quvnoqlar va zukkolar” kabi ko‘plab ko‘ngilochar dastur va tanlovlar o‘tkazilib, bir necha ming yoshlarni o‘zida jamlab kelmoqda.

Tashkilot qoshida faol va iqtidorli talabalardan  tuzilgan “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibotchilari”, “Qalqon”, “Ekopatrul” jamoatchilik guruhlari faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, 13 ta fakultetda lider yoshlar tomonidan saralab olingan yoshlar yetakchilari hamda “Talaba-dekan”lar, 500 dan ziyod guruh sardorlari ish faoliyatini olib bormoqda. 

 

Bundan tashqari boshlang‘ich tashkilot qoshida ko‘plab intellektual, sport, ijodiy klub va to‘garaklar faoliyat olib bormoqdalar.

 

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image