Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Sloveniya Respublikasiga amalga oshirgan amaliy tashrifini katta hayajon va umid bilan kuzatdim. Ushbu tashrif fan, ta’lim va yoshlar masalalariga alohida e’tibor berishlari — biz yoshlarga bo‘lgan yuksak ishonch va e’tiborning yaxshi namunasidir.

Ikki davlat o‘rtasida ilmiy sohalarda zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolanishi — bizning ta’lim va ilmga bo‘lgan ishonchimizni yanada mustahkamlaydi. Bu kabi tashabbuslar, albatta, O‘zbekistonning raqobatbardosh kadrlar tayyorlash yo‘lidagi barqarorligini yangi bosqichga olib chiqadi.

Bugun yoshlar uchun ilm-fan, texnologiya va zamonaviy ta’lim sohasi bo‘yicha xalqaro hamkorlikning kengayishi shaxsiy rivojimiz, balki butun mamlakat taraqqiyoti uchun xizmat qiladi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Sloveniya kabi Yevropa davlatlari bilan o‘rnatilayotgan hamkorlik orqali biz yoshlarning xalqaro miqyosda tan olinadigan diplomlarga ega bo‘lishimiz, professor-o‘qituvchilar bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘lishimiz xalqaro maydondagi tajribalarni Vatanimizga olib kirish imkoniyatini beradi.

Bundan tashqari ushbu tashrif doirasida ekologiya, tibbiyot va muhandislik sohalarida qo‘shimcha ilmiy markazlar tashkil etish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilgan muzokaralar ham ta’lim tizimining sifatini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.

Biz yoshlar uchun bu kabi xalqaro hamkorliklar bizlar ishonch manbai bo‘lib xizmat qiladi. Endilikda har birimiz zamonaviy bilimlarni egallash, chet tillarini puxta o‘rganish, ilm-fan va texnologiya yo‘lida izlanishlar olib borishga yanada jiddiy yondashamiz.

Safoxon YO‘LDASHEV
Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image