“Yoshlar - Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlod!”
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Munosabat
- “Yoshlar - Yang...
- 30.06.2025
- 21:08
- 479

Bugun davlatimiz rahbari butun O‘zbekiston yoshlarini qutlug‘ ayyom – Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar bilan uchrashdilar. Ushbu uchrashuvda men ham ilk marotaba ishtirok etdim.
“Keyingi yillarda iqtisodiyotimiz tez sur’atlar bilan o‘sib, barcha sohalarda imkoniyatlarimiz ortib borayotganida, hech shubhasiz yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarni o‘rni beqiyosdir
Bilagida kuch-g‘ayrat, har bir harakatida azm-u shijoat jo‘sh urgan yoshlarimiz bilim va odobda, aql-zakovatda tengsiz qizlarimizni ko‘rib, har qanday xalq, har qanday davlat bizga havas ko‘zi bilan qaramoqda.
Katta-katta davlatlar, dunyoning eng nufuzli kompaniyalari bugun bizga milliardlab dollar investitsiya ajratmoqda.
Bu, albatta, bejiz emas. Chunki, yoshlarimizning ilm-fan, ta’lim, IT, madaniyat, san’at va sportdagi yutuqlarini ko‘rib, salohiyatimizga baho bermoqda, ertangi kunimiz poydevori mustahkam ekaniga ishonch hosil qilmoqda”. Bularning barchasi yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish evaziga bo‘lmoqda
Yaqin-yaqingacha umrini paxta dalasida o‘tkazgan oddiy oila farzandlari ilmda, sportda, boshqa sohalarda bunday yuksak marralarni egallashini tasavvur qilish ham qiyin edi.
Biz yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar va ular bundan unumli foydalanib, baland cho‘qqilarni zabt etayotganimizni butun dunyo tan olmoqda.
Yurtboshimizni Birinchi va ikkinchi Renessansni buyuk alloma va mutafakkirlarimiz yaratgan bo‘lsa, bugun tarixni yoshlar yaratadi deya ta’kidlaganlari har bir yoshlar uchun mas’uliyat ekanligini chuqur anglagan holda biz bildirilgan ishonchlarini oqlash yo‘lida har birimiz astoydil harakat qilamiz.
Mira’zam TO‘XTASINOV
Ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi