Namangan davlat universiteti San’at va sport fakultetida mini futbol bo‘yicha an’anaviy “Dekan kubogi” musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur sport musobaqasi fakultet talabalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jismoniy faollikni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil qilindi.

Musobaqada fakultetdagi barcha ta’lim yo‘nalishlari va guruhlardan shakllantirilgan talabalar jamoalari faol ishtirok etdilar. Bellashuvlar davomida jamoalar g‘alaba uchun murosasiz va shiddatli bahslar olib borib, sportga bo‘lgan qiziqishlari, jamoaviylik ruhlari hamda yuqori sport mahoratlarini namoyon etdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra birinchi o‘rinni SPF-CU-25 guruhi jamoasi qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin PSX-AU-22 guruhi jamoasiga nasib etdi. Uchinchi o‘rin esa SPF-BU-25 hamda SPF-DU-22 guruhlariga nasib etdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar fakultet rahbariyati tomonidan tantanali ravishda diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image