Namangan davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun o‘quv jarayoni “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.
Universitetning Tibbiyot hamda Iqtisodiyot fakultetlarida yangi o‘quv yilining ilk darslari “Mustaqillik darsi”dan boshlandi. Mashg‘ulotlarda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Davron Dehqonov hamda fakultet dekanlari ishtirok etdi.
Darslarda mamlakatimizning mustaqillik yillaridagi taraqqiyot yo‘li, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar haqida fikr yuritildi. Shuningdek, yoshlarning zamonaviy bilim olishi, kasbiy salohiyatini oshirishi va o‘z qobiliyatlarini namoyon etishi uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.
Mashg‘ulotlarda mustaqillikning xalqimiz hayotidagi o‘rni va tarixiy ahamiyati, uning tinchlik, erkinlik va bunyodkorlik uchun mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilayotgani haqida ham so‘z bordi. Talabalarga mamlakatimiz taraqqiyotida yoshlarning o‘rni va zimmasidagi mas’uliyat haqida zarur tushunchalar berildi.
Shu bilan birga, talabalarning bilimga intilishi, tanlagan kasbini puxta egallashi, xorijiy tillar va zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishi, ilmiy-ijodiy izlanishlarda faol bo‘lishi kelajakdagi muvaffaqiyatning muhim omili ekani ta’kidlandi.
“Mustaqillik darslari” universitetning boshqa fakultetlarida ham tajribali professor-o‘qituvchilar va soha mutaxassislari ishtirokida davom etmoqda.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati
- Universitet
- Ta'lim
- Axborot xizmati
- Faoliyat
- Hujjatlar
- Qabul
- Qabul yangiliklari
- Qabul bakalavriat
- Qabul Magistratura
- Qabul Doktorantura
- Imtixon dasturlari
- Abituriyentlarga eslatma
- Qabul to'g'risidagi nizom
- Texnikum bitiruvchilariga
- Xorijiy abituriyentlarga
- Prezident qaror va farmoyishlari
- Savollar va javoblar
- Imtixon natijalari
- Ikkinchi oliy ta'lim
- Tibbiyot fakultetida qo'shma ta'lim
- Tarqatma materiallar
- Talabalarga
- Qabul
- Bog'lanish
- Raqamli kutubxona
-
O'zbekcha
- Kirish