Asosiy kontentga o'tish

Namangan davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun o‘quv jarayoni “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.

Universitetning Yuridik fakulteti talabalari uchun tashkil etilgan “Mustaqillik darsi”da Namangan viloyati IIB boshlig‘i Shuhrat Aliyev, Namangan viloyati Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari Bahodir Yusupov hamda universitet birinchi prorektori Islomjon Odilov ishtirok etib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim va ilm-fan sohalarida amalga oshirilgan islohotlar, yoshlarning sifatli ta’lim olishi, bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, talabalarga mustaqillikning mazmun-mohiyati, uning xalqimiz uchun tarixiy ahamiyati, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda davlat va jamiyat taraqqiyotidagi mas’uliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Mustaqillikning turli avlodlarni birlashtiruvchi muhim tarixiy jarayon ekani alohida ta’kidlandi.

Dars davomida yoshlarning Vatanga sadoqatli, bilimli va mas’uliyatli mutaxassislar bo‘lib shakllanishi, zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarni puxta egallashi, jamiyat hayotida faol ishtirok etishi muhim ekani qayd etildi.

Yangi o‘quv yilining ilk kunlarida tashkil etilayotgan “Mustaqillik darslari” talabalarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga undashga xizmat qilmoqda.

“Mustaqillik darslari” universitetning boshqa fakultetlarida ham tajribali professor-o‘qituvchilar va soha mutaxassislari ishtirokida davom etmoqda.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image