Asosiy kontentga o'tish

Namangan davlat universitetining Jahon tillari fakultetiga 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun o‘quv jarayoni “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.

Darslarda mamlakatimizning mustaqillik yillaridagi taraqqiyot yo‘li, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarida amalga oshirilgan islohotlar haqida so‘z yuritildi. Yoshlarning sifatli ta’lim olishi, bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, talabalarga mustaqillikning mazmun-mohiyati, uning xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilashidagi tarixiy ahamiyati, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi o‘rni hamda davlat va jamiyat taraqqiyotidagi mas’uliyati haqida tushunchalar berildi. Mustaqillikning turli avlodlarni birlashtiruvchi muhim tarixiy jarayon ekani ta’kidlandi.

Yangi o‘quv yilining ilk kunlarida tashkil etilayotgan “Mustaqillik darslari” talabalarning mamlakatimizning bugungi taraqqiyot jarayonlarini chuqurroq anglashiga, ularda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

“Mustaqillik darslari” universitetning boshqa fakultetlarida ham tajribali professor-o‘qituvchilar va soha mutaxassislari ishtirokida davom etmoqda.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image