Asosiy kontentga otish

Nukus shahrida o‘tkazilgan “Talabalar bahori” festivalida respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 250 nafarga yaqin faol talaba-yoshlar qatorida Namangan davlat universitetining bir guruh iqtidorli va tashabbuskor talabalari ham munosib ishtirok etdi. Festival Qoraqalpoq davlat universitetida tashkil etilgan tantanali ochilish marosimi bilan boshlandi. Unda ishtirokchilarga festivalning mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari hamda yoshlar o‘rtasida bilim, madaniyat va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Festival dasturi doirasida ishtirokchilar, jumladan NamDU talabalari Mo‘ynoq tumaniga tashrif buyurib, Kemalar qabristoni hamda Orol dengizi tarixi muzeyi bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur tashrif yoshlarning ekologik tafakkurini kengaytirish, Orol dengizi hududida yuzaga kelgan muammolar va ularning oqibatlarini chuqur anglashga xizmat qildi. Festival yakuniy bosqichlarida universitetimiz talabalari oliy ta’lim muassasasida tashkil etilgan Navro‘z sayllarida ham faol qatnashib, milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni targ‘ib etishda munosib hissa qo‘shdilar.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image