Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutiga yangi direktor tayinlandi

Kadirov Xayot Sharipovich Kasbiy ta’lim agentligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti direktori lavozimiga tayinlandi.

Kadirov Xayot Sharipovich 2004-yilda Nizomiy nomidagi TDPUni tamomlagan. Pedagogika fanlari doktori, professor.

Faoliyati davomida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh ilmiy xodimi, Nizomiy nomidagi TDPU kasb-hunar ta’limi fakulteti dekan o‘rinbosari, kasb-hunar ta’limi metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi, kasb-hunar ta’limi fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari, o‘quv-uslubiy bo‘lim mudiri, Pedagogika va psixologiya, boshlang‘ich ta’lim, texnologik ta’lim va kasb-hunar ta’limi fakultetlari dekani, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori kabi mas’ul lavozimlarda mehnat qilgan. 

Tayinlovga qadar Namangan davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Namangan davlat universiteti jamoasi nomidan Kadirov Xayot Sharipovichga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat, ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilab qolamiz!

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image