Markaziy Osiyoda ilk tashkil etilgan metallurgiya korxonalaridan biri — “O‘zmetkombinat” AJ tomonidan yoshlarni korxonaning asosiy ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Elektrda po‘lat eritish bo‘linmasida amaliy tanishuv tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Namangan davlat universitetining Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi kunduzgi bo‘limi 3-bosqich talabasi Mirzamatov Suxrobjon hamda bir guruh yoshlar ishtirok etdi.
Tashrif davomida ishtirokchilar zamonaviy texnologik jarayonlarning bosqichlari, ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan ilg‘or uskunalar, shuningdek, po‘lat eritish jarayonining texnik va tashkiliy jihatlari bilan bevosita tanishdilar.
Mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga jarayonlarning ishlash tartibi, texnika xavfsizligi qoidalari hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.