Namangan davlat universiteti Filologiya fakultetida 2026-yil 21-aprel kuni Urganch innovatsion universitetida amalga oshirilayotgan “Askiyalarning noyob namunalarini to‘plash va mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida ilmiy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirga NamDU professori, filologiya fanlari doktori Nosirjon Uluqov raislik qildi.

Mazkur loyiha jamoasi rahbari, Urganch innovatsion universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Ravshan Xudoyberganov tomonidan loyihaning maqsad va vazifalari, uning ilmiy-amaliy ahamiyati, shuningdek, xalq og‘zaki ijodining qadimiy janrlaridan biri hisoblangan askiyani zamonaviy tilshunoslik nuqtayi nazaridan — lingvokulturologik, sotsiologik hamda lingvopoetik jihatdan o‘rganish masalalari yuzasidan batafsil ma’ruza qilindi.

Tadbir davomida Norin tumani madaniyat markazi xodimi, askiya guruhi rahbari Mirzayev G‘afur hamda “Xo‘rozcha” xalq qo‘g‘irchoq teatri rejissyori, askiya guruhi a’zosi Murodillayev Hojimjon tomonidan askiya va payrov namunalarining jonli chiqishlari namoyish etildi.

Shuningdek, tadbirda askiya janrining o‘ziga xosligi, uning turlari, badiiy va lisoniy xususiyatlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati yuzasidan Urganch davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori, folklorshunos San’at Soriyev hamda NamDU dotsenti Mo‘minjon Sulaymonovlarning ma’ruzalari tinglandi.

Tadbir yakunida talabalarga xalq og‘zaki ijodining noyob va qadimiy janrlaridan biri bo‘lgan askiya yuzasidan nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalar ham berildi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image