Namangan davlat universitetining Fizika-matematika, Ijtimoiy fanlar hamda Tabiiy fanlar fakultetlari talabalari o‘rtasida “Sun’iy intellektning zulmatli tomoni” (“Temnaya storona iskusstvennogo intellekta”) mavzusida ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur ochiq dars yosh avlodda iqtisodiy bilimlarni mustahkamlash, ularni moliyaviy huquqbuzarliklar va yashirin iqtisodiyotga qarshi murosasiz ruhda tarbiyalash, halollik va sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, shuningdek moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash hamda sun’iy intellekt imkoniyatlari orqali yuzaga kelayotgan moliyaviy firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan o‘zbek va rus tillarida tayyorlangan taqdimot materiallari asosida olib borildi.

Ochiq dars davomida talabalar sun’iy intellekt texnologiyalarining nafaqat imkoniyatlari, balki undan noqonuniy maqsadlarda foydalanish oqibatlari, xususan moliyaviy firibgarlik sxemalari va kiberjinoyatlar haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, ularning oldini olish choralari yuzasidan zarur tavsiyalar berilib, yoshlarda iqtisodiy savodxonlikni oshirish va moliyaviy xavfsizlik madaniyatini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image