Mazkur tadbirda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasining Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida talabalarga sun’iy intellekt texnologiyalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar, shuningdek moliyaviy firibgarliklarning zamonaviy ko‘rinishlari yuzasidan zarur tushunchalar berildi.

Shu bilan birga, talabalarda iqtisodiy bilimlarni mustahkamlash, ularni moliyaviy huquqbuzarliklar va yashirin iqtisodiyotga qarshi murosasiz ruhda tarbiyalash, moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash hamda sun’iy intellekt imkoniyatlari orqali sodir etilayotgan firibgarlik holatlarining oldini olish yuzasidan amaliy tavsiyalar bildirildi.

Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, tegishli javob va tavsiyalar oldilar.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image