Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyasi Kozimdjon Kamilov, Namangan viloyat sudi raisi Azamjon Xudoyberdiyev, universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev hamda universitetning Yuridik, Ijtimoiy fanlar, Tabiiy fanlar va Fizika-matematika fakultetlari professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

Uchrashuv avvalida universitet rektori tomonidan mehmonlarga Namangan davlat universitetida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan yangiliklar hamda yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng, Kozimdjon Kamilov tomonidan mamlakatimizda sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash borasidagi yangiliklar yuzasidan talaba-yoshlarga atroflicha tushunchalar berildi. 

Uchrashuv davomida talaba-yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ularda qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish va fuqarolik mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida talabalar tomonidan sud-huquq tizimiga oid bir qator savollar berilib, mutaxassislar tomonidan ularga batafsil javoblar berildi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image