Asosiy kontentga otish

Bitiruvchi o‘quvchilarni oliy ta’lim muassasalariga keng jalb etish, umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Namangan davlat universiteti tomonidan viloyat MMT boshqarmasi bilan hamkorlikda Uchqo‘rg‘on tumanida keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlar doirasida tumandagi 40-maktabda maktab direktorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev, viloyat MMT boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Xayrullo Abdurahmonov, Uchqo‘rg‘on tumani MMTB boshlig‘i Toshpo‘lat Jo‘raxo‘jayev hamda tumandagi umumta’lim maktablari direktorlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ta’lim tizimidagi islohotlar, pedagoglar mehnatini qadrlash, zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, yoshlarni ilmli va vatanparvar etib tarbiyalash, shuningdek, maktablar va oliy ta’lim muassasalari hamkorligini kuchaytirish, bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrovini oshirish hamda ularni ilm-fan va kasb-hunarga yo‘naltirish masalalari yuzasidan so‘z yuritildi.

Abdug‘affor Qirg‘izboyev tomonidan universitetda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’lim sifati, xalqaro hamkorlik aloqalari, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, shuningdek, 2026/2027-o‘quv yili uchun kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllarining o‘zbek hamda rus guruhlari bo‘yicha ajratilgan qabul kvotalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Targ‘ibot-tashviqot tadbirlari doirasida tumandagi 46 ta ta’lim muassasasida 2400 nafarga yaqin bitiruvchi o‘quvchilar ishtirokida ochiq muloqotlar tashkil etildi. Bitiruvchilarning qariyb 600 nafari umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlarga ega ekani alohida e’tirof etildi.

Uchrashuvlar davomida o‘quvchilarning kelajakdagi kasb tanlovi, oliy ta’limga tayyorgarlik jarayonlari hamda universitetda amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image