Namangan davlat universitetida oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida fizika fanidan o‘tkazilgan respublika olimpiadasi yakunlandi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullari ham ishtirok etib, mazkur respublika olimpiadasi yoshlarning bilim va iqtidorini namoyon etishi uchun muhim maydon ekanini alohida ta’kidladi.
Olimpiada natijalariga ko‘ra quyidagi talabalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
🥇1 - o‘rin: Tillaev Umidjon Xolmat o‘g‘li — O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi;
🥈2 - o‘rin: G‘ofurjonov Xurshidbek Nasimjon o‘g‘li — Namangan davlat universiteti talabasi;
🥉3 - o‘rin: Madaminjonov Jamshidbek Saidqosim o‘g‘li — Andijon davlat universiteti talabasi.
G‘olib talabalarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur nufuzli fan olimpiadasi g‘oliblari magistratura bosqichiga imtihonsiz kirish huquqini qo‘lga kiritdilar!