Asosiy kontentga otish

Bitiruvchi talaba-yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning bandligini oshirish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatiga ko‘maklashish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbirda viloyat “Kelajak markazi” rahbariyati, mas’ul mutaxassislar hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida yoshlarni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish, mehnat bozoridagi mavjud imkoniyatlar, ishga joylashish jarayonidagi muhim jihatlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, umumta’lim maktablarida yangi joriy etilgan “Maktab maslahatchisi” lavozimi uchun mavjud vakant ish o‘rinlari haqida atroflicha tushuntirishlar olib borildi. Tadbir davomida ushbu lavozimning vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari, ishga qabul qilish tartibi hamda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar. Mazkur uchrashuv bitiruvchi yoshlarning kelgusida munosib ish o‘rinlariga joylashishi hamda kasbiy faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image