Asosiy kontentga otish

Namangan davlat universitetida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy, intellektual hamda sport salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish, yoshlar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida viloyatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida “Talaba Fest” festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov ishtirok etib, festivalning maqsad va vazifalari, undan kutilayotgan natijalar hamda yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Ta’kidlanganidek, mazkur festival talaba-yoshlarning iste’dod va salohiyatini namoyon etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda turli yo‘nalishlardagi qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Shundan so‘ng “Talaba Fest” festivali doirasida rejalashtirilgan madaniy-ma’rifiy, sport va intellektual tadbirlarga rasman start berildi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image