Asosiy kontentga otish

Namangan shahrida bitiruvchi yoshlar uchun tashkil etilgan “TalabaExpo–2026” kasb ko‘rgazmasi bugun o‘z ishini boshladi.

Turon xalqaro universitetida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmada Namangan viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining 10 ming nafardan ortiq bitiruvchi talabalari qatnashmoqda.

Tadbir doirasida ishtirokchilarga 150 dan ortiq korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan 2000 dan ziyod bo‘sh ish o‘rni, startap va innovatsion loyihalar, kredit dasturlari, moliyaviy maslahatlar, kasbga yo‘naltiruvchi seminar-treninglar, ish beruvchi tashkilotlar taqdimotlari taklif etilmoqda.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image