Uzoq yillar davomida Namangan davlat universitetida samarali faoliyat yuritgan, jamoa orasida o‘zining fidoyiligi, mas’uliyati va insoniy fazilatlari bilan hurmat qozongan Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi, dotsent Jo‘rayev Tolibjon shu yil 9-iyun kuni 85 yoshida vafot etdi.
Tolibjon Jo‘rayev 1941-yil 20-martda Uychi tumanida tug‘ildi. 1963-yilda Farg‘ona davlat pedagogika institutini Jismoniy tarbiya, odam anotomiyasi va fizologiya mutaxassisligini tamomlagan. 1967-yildan buyon Namangan davlat universitetida turli lavozimlarda samarali mehnat faoliyatini olib borib, ta’lim jarayonini rivojlantirish, talabalarning puxta bilim olishi hamda universitet taraqqiyoti yo‘lida sidqidildan xizmat qildi.
Namangan davlat universiteti jamoasi marhumning oila a’zolari, yaqinlari, do‘stlari va shogirdlariga chuqur hamdardlik bildiradi.