19-iyun kuni Namangan davlat universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishchi guruhi a’zolari hamda viloyatdagi davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida talabalarning ilm-fan, innovatsiyalar, zamonaviy texnologiyalar, startap loyihalar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga doir taklif hamda tashabbuslari tinglandi.
Shuningdek, yoshlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish va innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Ochiq muloqot yakunida bildirilgan taklif va tashabbuslarni amaliyotga joriy etish hamda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tegishli takliflar shakllantirildi.