Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Namangan viloyatiga tashrif buyurib, Namangan davlat universitetining Davlatobod tumani, Yuksalish mavzesida bunyod etilgan zamonaviy kampus faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida Namangan davlat universiteti rektori Abdugʻaffor Qirgʻizboyev tomonidan yangi kampus hududida amalga oshirilgan qurilish ishlari, yaratilayotgan zamonaviy infratuzilma, ta’lim jarayonini tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan qulayliklar hamda istiqboldagi rivojlantirish rejalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, vazir kampus hududida barpo etilayotgan talabalar turar joyini ko‘zdan kechirdi. Mazkur obyektning loyiha quvvati, talabalarni zamonaviy va qulay yashash sharoitlari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida kampusda yaratilayotgan shart-sharoitlar, ta’lim va ilmiy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan imkoniyatlar hamda hududni yanada obodonlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Vazir tomonidan oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish va kampus infratuzilmasini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
- Universitet
- Ta'lim
- Axborot xizmati
- Faoliyat
- Hujjatlar
- Qabul
- Qabul yangiliklari
- Qabul bakalavriat
- Qabul Magistratura
- Qabul Doktorantura
- Imtixon dasturlari
- Abituriyentlarga eslatma
- Qabul to'g'risidagi nizom
- Texnikum bitiruvchilariga
- Xorijiy abituriyentlarga
- Prezident qaror va farmoyishlari
- Savollar va javoblar
- Imtixon natijalari
- Ikkinchi oliy ta'lim
- Tibbiyot fakultetida qo'shma ta'lim
- Tarqatma materiallar
- Talabalarga
- Qabul
- Bog'lanish
- Raqamli kutubxona
-
O'zbekcha
- Kirish