Asosiy kontentga otish

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Namangan viloyatiga tashrifi doirasida Namangan davlat universiteti professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, oliy ta’lim muassasalarining xalqaro nufuzini yuksaltirish hamda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Vazir o‘z so‘zida talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini yanada kuchaytirish, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasb va kompetensiyalarga o‘qitish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham fikr yuritildi.

Uchrashuv davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan ta’lim sifati, ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda universitet infratuzilmasini yanada rivojlantirishga doir qator taklif va mulohazalar bildirildi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image