Asosiy kontentga otish
Qonunchilikdagi yangiliklar

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Davlat organlari va tashkilotlari komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlarining xavfsizlik kafolatlari belgilandi.

Unga ko'ra, komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlari davlat himoyasidadir.



Nazorat tuzilmalari xodimlariga nisbatan quyidagilar faqat Bosh prokurorining yozma ruxsati bilan, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin:

- turar joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan transportiga kirish, ularni koʻzdan kechirish, ularda tintuv oʻtkazish yoki ulardan ashyoni olish;

- ularning telefondagi soʻzlashuvlarini eshitish;

- xodimlarni koʻzdan kechirish va ularni shaxsiy tintuv qilish;

- ularning xat-xabarlarini, ularga tegishli ashyolar va hujjatlarni koʻzdan kechirish, olib qoʻyish yoxud olish.

Shuningdek:

- ichki nazorat tuzilmalari xodimini, shu jumladan, u bilan mehnat shartnomasi tugatilganidan yoki xizmatdan boʻshatilganidan keyin ikki yil ichida sobiq xodimini guvoh yoki gumon qilinuvchi sifatida soʻroq qilishga;

- ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash va ushlab turishga Bosh prokuror xabardor etilgan holda yoʻl qoʻyiladi.

Bundan tashqari, ichki nazorat tuzilmalari xodimlariga nisbatan jinoyat ishi faqat Bosh prokuror tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.

Ular qonunchilikda belgilangan tartibda huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinadi.

———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image