Asosiy kontentga otish

Bugun, 26-iyun kuni Namangan davlat universitetida Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida ilk bor o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” sport musobaqalari hamda Namangan shahrida tashkil etilgan “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda so‘z olgan Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev g‘olib va sovrindorlarni samimiy qutlar ekan, yoshlarning sport va ilm-ma’rifat sohalarida erishayotgan yutuqlari Yangi O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish yo‘lida olib borilayotgan izchil islohotlarning amaliy natijasi ekanini ta’kidladi.

Tadbir davomida “Yangi O‘zbekiston talabalar olimpiadasi” sport musobaqalarida gandbol sport turi bo‘yicha universitetning qizlar jamoasi 1-o‘rin, yigitlar jamoasi 2-o‘rin, voleybol sport turi bo‘yicha esa yigitlar jamoasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritgani alohida e’tirof etildi. Shu bilan birga, “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovida universitet sharafini munosib himoya qilgan “Tamaddun” jamoasining faxrli 2-o‘rinni egallagani ham yuksak baholanib, jamoa a’zolariga samimiy minnatdorlik bildirildi.

Marosim davomida sport musobaqalari va ko‘rik-tanlovda munosib natijalarga erishgan g‘olib hamda sovrindor talaba-yoshlar Namangan davlat universiteti rektori tomonidan bir martalik pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimi universitet talabalari tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar bilan ko‘tarinki ruhda yakunlandi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image