Asosiy kontentga otish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-iyundagi PQ-220-son qarori bilan tasdiqlangan yo‘l xaritasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 24-iyundagi 05/15-2238-son xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Chust va Yangiqo‘rg‘onga sayohat qil!” talaba-yoshlar festivali doirasida Yangiqo‘rg‘on tumanida sport musobaqalari o‘tkazildi.

Namangan davlat universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur festival doirasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda mahalliy yoshlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida sportning mini futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar yuqori saviyada tashkil etildi.

Musobaqalarda Namangan davlat universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari hamda Yangiqo‘rg‘on tumanining faol yoshlaridan iborat jamoalar ishtirok etib, sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar jamoaviy hamjihatlik, sport mahorati va sog‘lom raqobat ruhini namoyon etib, festivalning asosiy maqsad va vazifalarini amalda ro‘yobga chiqarishga munosib hissa qo‘shdilar.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image