Asosiy kontentga otish

Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev rahbarligida fakultetlarda 2026-yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosining yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi yig‘ilishda Fizika-matematika, Ijtimoiy fanlar hamda Tabiiy fanlar fakultetlari kafedralarining 2026-yil uchun ishlab chiqilgan maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosi ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida kafedra mudirlari tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil hisobotlar taqdim etildi. Shuningdek, yil boshida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarning bajarilish holati har bir yo‘nalish kesimida tanqidiy va tahliliy ruhda muhokama qilindi.

Xususan, ilmiy-tadqiqot faoliyati, ilmiy maqolalarni tayyorlash va nashr etish, xo‘jalik shartnomalari doirasidagi ishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish va nashrga tayyorlash, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar holati atroflicha tahlil qilindi.

Muhokamalar jarayonida ayrim kafedralarda yillik maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosi talab darajasida emasligi qayd etildi. Mavjud kamchiliklar va ortda qolish sabablari tanqidiy tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

Rektor tomonidan tegishli kafedra mudirlariga aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, ish samaradorligini oshirish hamda belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar va ijro muddatlari belgilab berildi.

Shuningdek, ilmiy salohiyatni yuksaltirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, grant va innovatsion loyihalarda faol ishtirok etish, o‘quv-uslubiy ishlar sifatini oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosi ustidan doimiy monitoringni kuchaytirish, kafedralar faoliyatini tizimli nazorat qilib borish hamda har chorak yakunlari bo‘yicha tanqidiy-tahliliy muhokamalarni izchil davom ettirish muhim vazifa ekani alohida ta’kidlandi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image