Asosiy kontentga o'tish

Yoshlar bilan ishlashdagi “Namangan tajribasi” doirasida Namangan davlat universitetida “Yoshlar muammolarini o‘rganish va tahlil markazi” tashkil etilgan.

Joriy yilning may va iyun oylarida mazkur markaz tomonidan Uychi va Norin tumanlarida yoshlar o‘rtasida sotsiologik va tahliliy tadqiqotlar amalga oshirildi.

Bugun esa markaz a’zolari tomonidan Pop tumanida yoshlar yetakchilari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminarni Pop tumani hokimining o‘rinbosari I. Holiqov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Seminar davomida markaz rahbari N. Dehqonov tomonidan Uychi va Norin tumanlarida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari, aniqlangan muammolar hamda ularning yechimiga qaratilgan ilmiy asoslangan takliflar taqdim etildi. Shuningdek, markaz a’zosi A. Sobirxonov yoshlar bilan ishlashdagi yangi yondashuvlar, ilg‘or tashabbuslar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan ma’ruza qildi.

Markaz tomonidan yoshlar muammolarini o‘rganishga qaratilgan navbatdagi tadqiqot ishlari Mingbuloq tumanida davom ettiriladi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image