Asosiy kontentga o'tish

Namangan davlat universitetining Biotexnologiya fakultetiga 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun o‘quv jarayoni “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.

Darslarda mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim va ilm-fan sohalarida amalga oshirilgan islohotlar, yoshlarning sifatli ta’lim olishi, bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, talabalarga mustaqillikning mazmun-mohiyati, uning millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi sifatidagi ahamiyati, inson uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda davlat va jamiyat taraqqiyotidagi mas’uliyati haqida tushunchalar berildi. Mustaqillik turli avlodlarni birlashtiruvchi muhim tarixiy jarayon sifatida talabalarga atroflicha tushuntirildi.

Yangi o‘quv yilining ilk kunlarida tashkil etilgan “Mustaqillik darslari” talabalarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida yanada kengroq ma’lumot berish, ularda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

“Mustaqillik darslari” universitetning boshqa fakultetlarida ham tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilmoqda.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image