Namangan davlat universiteti talabasi "Yoshlar ovozi" tanlovining hududiy bosqichida mutlaq gʻoliblikni qo'lga kiritdi



Yurtimiz boʻylab oʻtkazilayotgan "Yoshlar ovozi" Respublika tanlovining Namangan viloyati bosqichi oʻz yakuniga yetdi va gʻolib va sovrindor ishtirokchilar aniqlandi.

Quvonarlisi shundaki, tanlovning "Opera" yoʻnalishda ishtirok etgan 14 ta tuman va shaharlardan kelgan vakillar oʻrtasidagi gʻoliblik uchun kurashda Namangan davlat universiteti Pedagogika fakulteti, Vokal sanʼati va anʼanaviy xonandalik ta'lim yoʻnalishi 4-bosqich talabasi Azizbek Ibrohimov mutloq gʻolib deb topildi va Respublika bosqichiga yoʻllanmani yoʻlga kiritdi.



Azizbekni ushbu gʻalaba bilan universitetimiz jamoasi va barcha talabalar nomidan muborakbod etib, Respublika bosqichida ham gʻalaba yor bo'lishini tilab qolamiz.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image