Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchisi Rahimov Bobur Kamolovich Namangan davlat universitetiga tashrif buyurdi. 



Tashrifni vazir maslahatchisi universitet rektori Sobitxon Turg’unov, o’quv ishlari prorektori Dilshod Xolmatov, raqamli ta’lim texnologiyalarni markazi rahbari Xayrullo Melibayevlar bilan uchrashuvdan boshladi. 



Vazirlikning raqamlashtirish bo’yicha joriy va kelgusidagi rejalari bilan o’rtoqlashdi. Tashrif davomida vazir maslahatchisi universitetning IT-parki, universitetda raqamlashtirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar hamda Namangan davlat universiteti tomonidan ishlab chiqilayotgan Open-Science Platform (University Ecosystem) bilan tanishdi. 



Bundan tashqari Bobur Rahimov Huawei ICT akademiyasi loyihalari, ta’limda Tech AI, AR, VR tizimlarini qo’llash, test tizimlarini joriy qilishda prokrotoringga e’tibor qaratish, OTMlarda raqamlashtirish ishlari pirovard natijada ta’lim sifatiga ta’sir ko’rsatishi kerakligi haqida tavsiyalarni berib o’tdi. 







Tashrif yakunida vazir maslahatchisi universitetda tashkil etilgan Ekobog’ bilan tanishib u yerda daraxt o’tqazdi.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image